O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 37,7 million kishini tashkil etgan. Doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.
Joriy yilning boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paygan. 2025 yilning har bir oyida o‘rtacha 51,5 ming kishiga oshgan.
Aholining ayni paytdagi (2025 yil 12 aprel holatiga ko‘ra) soni quyidagicha:
ayollar soni – 18 million 722 ming 26 kishi;
erkaklar soni – 18 million 993 ming 578 kishi.