Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda bu yil abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirayotgan universitetlar beshtaligi ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda bu yil abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirayotgan universitetlar beshtaligi ma’lum qilindi

Ayni vaqtga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 882 913 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar Qashqadaryo viloyatidan (103 ming 972 nafar). Keyingi o‘rinlardan Samarqand (99 210 nafar), Farg‘ona (83 409 nafar), Toshkent (76 884 nafar) va Surxondaryo (72 883 nafar) viloyatlari joy olgan.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar ro‘yxatida esa O‘zbekiston milliy universiteti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) peshqadamlik qilmoqda:

O‘zbekiston milliy universiteti — 32 630 nafar;

Farg‘ona davlat universiteti — 26 250 nafar;

Toshkent davlat transport universiteti — 26 136 nafar;

Toshkent davlat pedagogika universiteti — 25 473 nafar;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 24 936 nafar.

Ma’lumot uchun, bugun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Kiritildi: 14:46 20.07.2023. O'qildi: 2005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!