Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan byudjet tushumi 14 barobar oshdi

O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan byudjet tushumi 14 barobar oshdi

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov VII Global kinologiya forumida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3 barobarga, chegaradan o‘tayotgan yuk avtomobillari, temir yo‘l vagonlari va fuqarolar soni 4 barobarga oshgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni ham 3 barobarga ko‘paygan.

"Yuk deklarasiyalarining 85 foizi soddalashtirilgan tartibda, 33 foizi esa inson omilisiz rasmiylashtirilmoqda. Chegaradan avtomobillarni o‘tkazish vaqti 72 daqiqadan 28 daqiqaga qisqardi", — dedi Akmalxo‘ja Mavlonov.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!