Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi
Farg‘ona shahridagi «Muruvvat» MFY, Farg‘ona ko‘chasi, 78-uyning yerto‘lasida sun’iy basseyn tashkil qilinib, turli baliqlar, jumladan, akula saqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘rganish davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Xususan, mazkur ko‘p qavatli uyning 78/17-xonadoni mulkdori yerto‘la qismini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 648-son qarori talablariga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan jihozlagani ma’lum bo‘lgan. U yerda sun’iy hovuz tashkil etilib, baliq, jumladan, akula yetishtirilayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159¹-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, yerto‘lani 15 kun muddatda bo‘shatib, uni asl holatiga keltirish bo‘yicha mulkdorga yozma ko‘rsatma berilgan. Bundan tashqari, ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanilgani holati bo‘yicha ham tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!