Respublika bo‘ylab mahallalardagi hokim yordamchilari lavozimidan ozod qilinib, vazifasini bajaruvchi etib tayinlanayotgani xabar qilinmoqda.
Bu Prezident topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, hokim yordamchilari faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, fidoyi va tashabbuskor kadrlar qayta tayinlanishi, ish samarasi talabga javob bermaydiganlari esa yangilanishi belgilangan.
Demak, hokim yordamchilari tizimida keng ko‘lamli kadrlar saralovi boshlandi.