Ruhonining aytishicha, agar hukmron doiralar yirik davlatlar bilan mojaroni yana 20 yil davom ettirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazish va fuqarolarning fikrini hisobga olish zarur.
«Agar xalq rozi bo‘lsa, bu yo‘ldan davom etamiz. Ammo xalq rozi bo‘lmasa va boshqa yo‘lni ko‘rsatsa, nega uni qabul qilmasligimiz kerak?» — dedi Ruhoni.
U davlat lavozimlari xalq ishonchiga asoslanishini ta’kidlab, hech kim o‘z xohishi yoki «ilohiy mandat» asosida mamlakatni boshqarish huquqiga ega emasligini bildirdi.
Ruhonining bayonotlari amaldagi prezident Mas’ud Pezeshkiyon va parlament spikeri Muhammad Boqir Qolibofning AQSh bilan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlovchi pozisiyasiga hamohang.
Biroq sobiq prezidentning xalq hokimiyatning «haqiqiy egasi» ekani haqidagi fikrlari Eron Islom Respublikasining amaldagi siyosiy tizimidagi oliy rahbarlik tamoyiliga zid keladi.
Shu sababli Ruhonining bu bayonotlari Erondagi ultrakonservativ doiralar va oliy rahbar Mojtabo Xomanaiyga yaqin kuchlarning keskin munosabatiga sabab bo‘lishi mumkin.