Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda besh yarim oyda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish oqibatida 552,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

O‘zbekistonda besh yarim oyda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish oqibatida 552,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvaridan 15 iyunigacha gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2024 yil 1 yanvardan 15 iyungacha o‘tkazilgan 40,8 mingta nazorat tadbirlari chog‘ida jami 38,8 mingta noqonuniy holatlar aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlarning 13,5 mingtasi tabiiy gazdan, 25,3 mingtasi esa elektr energetikasidan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan.

O‘zbekistonda ayrim huquqbuzarlar tomonidan hisobot davrida 255 milliard 200 million so‘mlik tabiiy gaz hamda 297 milliard 300 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ularga nisbatan 220,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha 236 ta va 139,5 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha 479 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 17,2 mingta ma’muriy hamda 715 ta jinoiy ish rasmiylashtirilib, aybdorlar tegishli tartibda jazoga tortildi.

Kiritildi: 22:00 19.06.2024. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!