Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda bank sirini tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda

O‘zbekistonda bank sirini tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda

Markaziy bank Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra bank, soliq yoki sug‘urta sirlarini oshkor qilish uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanish mumkin. Bu haqida UzNews nashri yozmoqda.

O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlar hamda sir tutiladigan boshqa turdagi axborotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan axborotni egasi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsning yoxud vakolatli organning roziligisiz noqonuniy foydalanish yoki oshkor qilish maqsadida har qanday usulda olish, to‘plash yoxud oshkor qilish BHMning 100 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, ushbu harakatlar takroran yoki xavfli residivist tomonidan amalga oshirilsa BHMning 250 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, agar zarar miqdori juda ko‘pni tashkil qilsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 15:31 20.06.2024. O'qildi: 1766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!