Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda ayrim qush turlarini ovlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda ayrim qush turlarini ovlashga ruxsat berildi

Shu yilning 15 avgustdan ayrim qush turlari, xususan, kaptar, churrak, bedana va balchiqchi qushlarni ovlashga ruxsat berildi.

Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qonunchilikka muvofiq, har yili 1 martdan 15 avgustga qadar ov qilish qat’iyan ta’qiqlanadi.

Qolgan qushlar va yovvoyi hayvon turlariga ruxsatnoma muddatlarini O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli qonuni 2-ilovasidan bilib olish mumkin.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi barcha ovchilarni belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Mavsum davomida quyidagi qoidalarga e’tibor qaratilishi va amal qilinishi lozim:

  • Ov faqat ruxsatnoma va ovchilik yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi;
  • Qonunga xilof ravishda ov qilish, ruxsat etilmagan hududlarda yoki belgilangan miqdordan ortiqcha hayvon va qushlarni ovlash qat’iyan man etiladi;
  • Ov jarayonida xavfsizlik choralariga, ayniqsa, qurol va o‘q-dorilardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi lozim;
  • Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni tashlamaslik va tabiatni asrash har bir ovchining burchidir.
Kiritildi: 16:59 22.08.2025. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!