Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi qolgan

O‘zbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi qolgan

Bugun, 6 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi va ularga tenglashtirilgan shaxslar istiqomat qilmoqda.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ularning 14 nafari Ikkinchi jahon urushi nogironi, 14 nafari urush qatnashchisi, 13 nafari Leningrad qamali qatnashchisi hamda 19 nafari konslager mahbusi hisoblanadi.

Faxriylarning eng ko‘pi Toshkent shahrida — 28 nafar. Shuningdek, Toshkent viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida esa 5 nafar faxriy yashamoqda.

Qayd etilishicha, qayta ko‘rib chiqilgan harbiy hisob varaqalariga ko‘ra, urush yillarida O‘zbekistondan 1 million 951 ming kishi frontga safarbar etilgan. O‘sha davrda respublika aholisi 6,5 million nafarni tashkil etgan.

Frontga ketgan o‘zbekistonliklardan 538 ming nafari halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 21:22. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!