Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 2035 yil elektr iste’moli 121 mlrd kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan

O‘zbekistonda 2035 yil elektr iste’moli 121 mlrd kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan

Davlatimiz rahbariga atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Mamlakatimizda energetika sohasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilgani natijasida oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foiz ko‘payib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Oshib borayotgan talabni qondirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari ham faol rivojlantirilmoqda. Uning generasiyadagi ulushi 16 foizga yetib, o‘tgan yili 3,2 gigavattli qo‘shimcha quvvat yaratildi.

Bu sohada uzoqni ko‘zlash, kelajakka hozirdan zamin hozirlash kerak. 2035 yilda yurtimizda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois energetikani barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, 2030 yilga borib, jami generasiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom enegriyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bo‘lajak stansiya qurilishining har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, jahonning eng ilg‘or tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.

Yig‘ilishda mutasaddilar loyihaning borishi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar olish va moliyalashtirish masalalari, shuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 17:29 27.03.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!