Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun lisenziyasidan ayriladi

O‘zbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun lisenziyasidan ayriladi

Mualliflik huquqini buzgan ijodkorlarning lisenziyalari bekor qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, qonunchilikka muvofiq lisenziya talablari va shartlari lisenziat tomonidan muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda lisenziyalovchi organ lisenziyaning amal qilishini bekor qilishni so‘rab sudga murojaat qilishi lozim.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid ma’lumotlarni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning lisenziyalarini bekor qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishni so‘radi.

Kiritildi: 18:31 22.05.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!