Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston yarim yil ichida 355 mln dollarlik gaz, 6 mlrd 492 mln dollarlik oltin sotdi

O‘zbekiston yarim yil ichida 355 mln dollarlik gaz, 6 mlrd 492 mln dollarlik oltin sotdi

2025 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 mlrd 123 mln dollarga yoki 16,1 foizga ko‘p. Bunda eksport hajmi 16,88 mlrd dollar (+29,1 foiz), import hajmi esa 20,13 mlrd dollar (+7 foiz) bo‘lgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 3 mlrd 246 mln dollargacha qisqargan.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (17,7 foiz), Rossiya (16,3) Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Hisobot davrida 6 mlrd 492 mln dollarlik (+54,8 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 38,4 foizini tashkil etadi. Shuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,9 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,2 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilg‘ilar (4,3 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (4,1 foiz) ham sezilarli ulushga ega bo‘lgan.

Yanvar-iyun oylarida 355 mln dollarlik gaz sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga ko‘p. Bundan tashqari, 277 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-1,9 foiz), 100 mln dollarlik elektr toki (+52,5 foiz) eksporti ham amalga oshirilgan.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,9 foiz), sanoat tovarlari (16 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,9 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Kiritildi: 05:42 27.07.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!