Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan faxriy unvonlar, orden va medallar topshirish marosimida aytib o‘tdi.
“Bugun bitta raqamni birinchi marta aytmoqchiman: Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oshishi kutilmoqda”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident so‘nggi yillarda erishilgan muhim yutuqlarni ham sanab o‘tdi:
🔸500 mingdan ziyod ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi;
🔸bog‘cha o‘rinlari 2,5 millionga yetkazildi (720 mingdan);
🔸466 ta yangi maktab qurib, 1 mln. o‘quvchi o‘rni yaratildi;
🔸Talabalar soni 1,5 mln.gacha oshirildi (279 mingdan) ;
🔸Sanoat mahsulotlari hajmi $62 mlrd.ga yetkazildi;
🔸Turizm eksporti $3 mlrd.ga, IT eksporti — $1mlrd.ga yetkazildi;