Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston xalqaro investisiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston xalqaro investisiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

2026 yil 26 oktyabr kuni Investisiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi M.Z.O. va boshqa da’vogarlar tomonidan O‘zbekistonga qarshi qo‘zg‘atilgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur qarorga muvofiq, da’vogarlarning O‘zbekiston qarshi ilgari surgan barcha da’vo talablari rad etildi.

Ushbu investisiyaviy nizo O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida 1992 yilda tuzilgan investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ishni ko‘rib chiqish jarayoni 2021 yilning iyun oyida boshlanib, besh yil davom etgan.

Arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.

Ushbu arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda AQShning “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi himoya qildi.

Kiritildi: 18:36 13.11.2026. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik