Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘ndan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘ndan ortiq hujjat imzolandi

Samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari Oliy Davlatlararo kengashning geologiya, nodir yer metallarini qazib olish, transchegaraviy daryolar oqimini prognoz qilish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlarni tuzish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari rahbarlarining kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qildilar.

Tashrif davomida yana bir qator hujjatlar imzolandi, jumladan:

  • Transchegaraviy suv ob’ektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim;
  • Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim;
  • Chegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim;
  • Qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim;
  • Qo‘shma investisiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim;
  • 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  • Adliya vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum;
  • O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va “Assambleya jastari” jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
  • Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Tibbiy sug‘urta jamg‘armalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;
  • “O‘zbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi.
Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!