Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

25 yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirg‘iziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Etakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Qirg‘iziston Prezidenti tog‘-chang‘i majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreasiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.

Kiritildi: 13:21 26.01.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!