Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Iordaniya: 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Iordaniya: 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

  • Ekstradisiya to‘g‘risida bitim;
  • Investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
  • Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
  • din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Kiritildi: 16:15 26.08.2025. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!