Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 24 oktyabrda yangi shartnoma imzolaydi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 24 oktyabrda yangi shartnoma imzolaydi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 1999 yildan amal qilib kelayotgan bitim o‘rnini bosadigan yangi kelishuvni imzolashga tayyorlanmoqda.

Evropa Kengashi raisi Antoniu Koshta prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabriknomasida Bryusselda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishini ma’lum qildi.

Ushbu kelishuv ustidan muzokaralar 2019 yilda boshlangan bo‘lib, 2022 yilda yakunlangan. Yangi bitim savdo qoidalari, texnik me’yorlar, sanitariya choralari va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oladi. Bu orqali ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Joriy yil aprelda Samarqandda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» ilk sammiti o‘tgan edi. Unda Yevropa Ittifoqi rahbarlari Ursula fon der Lyayen va Antoniu Koshta, shuningdek, YETTB prezidenti Odil Reno-Basso va Yevropa investisiya banki vakillari ishtirok etdi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilingan edi. Yaqinlashib kelayotgan Bryusseldagi bitim esa bu jarayonning mantiqiy davomi sifatida ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 16:18 01.09.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!