Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, investisiyalarni jalb etish hamda sheriklikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar Amerika biznes hamjamiyatining O‘zbekistondagi investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini qayd etib, ushbu qiziqishni amaliy loyihalar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan kelishuvlarga aylantirish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli muloqot va amaliy aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Kiritildi: 22:48 09.06.2026. O'qildi: 138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!