Bunday qatnov tarkibi yil boshidan buyon sinovdan o‘tmoqda: 6 oy davomida u 4 ming km masofani bosib o‘tdi va birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymadi, deb xabar qilmoqda shahar meri portali.
Poyezd to‘liq sun’iy intellekt yordamida boshqariladi. Uning to‘xtash aniqligi ayni damda 30 smga teng. Bu tajribali haydovchilar bilan barobar.
Favqulodda holat sodir bo‘lganda, masalan relslarda nomalum jism aniqlansa yoki yo‘lovchilar platformaga juda yaqin kelsa xavfsizlik kameralari va lidarlar buni bir soniyada aniqlaydi va poyezdni sekinlashtiradi.
Dastlabki haydovchisiz poyezdlar 2027 yildan boshlab Moskva Katta halqasida harakatlana boshlaydi.