Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali suhbatlashdi.

«Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan samarali telefon muloqotini o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.

Saidovning bildirishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashilgan.

"Muloqot va diplomatiya mavjud chaqiriqlarga yechim topishda hamda o‘zaro tushunishni mustahkamlashning eng samarali vositasi ekanligini alohida ta’kidladik", deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 23:40 02.11.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!