Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi avtomobilda xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan holatlar va kasalliklar ro‘yxati loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

📋 Ro‘yxatga jami 17 ta holat kiritilgan, jumladan:
➖ qovurg‘a, yelka yoki umrov suyaklari sinishi;
➖ surunkali yurak yoki o‘pka kasalliklarining og‘ir bosqichlari;
➖ bronxial astma (IV bosqich);
40 dan yuqori BMI bilan semizlik;
➖ past bo‘ylik (150 sm dan past);
➖ ko‘krak sohasidagi og‘ir teriviy kasalliklar yoki protezlar;
➖ yaqinda o‘tkazilgan ko‘krak yoki qorin operasiyalari;
homiladorlik holati.
Bunday holatda fuqarolarga elektron tibbiy ma’lumotnoma (QR-kodli) beriladi, uning amal qilish muddati — 6 oy.

Hujjat hali kuchga kirmagan.

Kiritildi: 18:19 04.11.2025. O'qildi: 1364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!