O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidan keyingi ilk uchrashuvida Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Fabio Kannavaro jamoasi raqibning tarkibidagi yo‘qotishlarga qaramay, maydonda ishonchli futbol namoyish etdi va yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalandi.
Farg‘onaning "Istiqlol" stadioni mezbonlik qilgan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Gol: Eldor Shomurodov 10, 1:0, Ramin Rizoyan 49, 1:1, Eldor Shomurodov 58, 2:1, Husayn Norchayev 90+4, 3:1.