O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining sobiq direktori, jamoat faoli Said-Abdulaziz Yusupov jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuzmat qilish) va 159-moddasi (Konstitusion rejimga tajovuz qilish) bilan ayblanmoqda.
Ta’kidlanishicha ish sudga ham oshirilgan. Tergovni harbiy prokuratura olib borgan. Tergov davrida unga ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan.
Ayblov haqida uning instagramdagi sahifasida ma’lumotlar berilgan.