Evropa vakillari ilk bor Ukraina va AQSh muzokara guruhlari o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda to‘liq tarkibda ishtirok etdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki videomurojaatida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Polsha vakillari, shuningdek, Yevropa komissiyasi, Yevropa kengashi va NATO vakillari ilk bor Ukraina va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda to‘liq tarkibda qatnashgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, onlayn muloqotda AQSh prezidentining vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham ishtirok etgan.
«Evropa ushbu muloqotda ilk bor Rossiya tomoni bilan muzokaralarda ishtirok etadigan barcha vakillar bilan to‘liq tarkibda qatnashdi. Diplomatik jarayonlar faol davom etmoqda va umid qilamizki, bu sa’y-harakatlar samarasiz ketmaydi. Bizning jamoamiz imkon qadar konstruktiv ish olib bormoqda. Biz urushning munosib yakunlanishi va Ukraina xavfsizligining kafolatlanishiga muhtojmiz», — dedi u.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, suhbat oson kechmagan bo‘lsa-da, natijali bo‘lgan.
«Berlinda “Istakdorlar koalisiyasi” doirasida uchrashib, muzokaralar jarayonidagi aniq qo‘shma qadamlarni ishlab chiqamiz», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.