Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Osiyoning eng yaxshi to‘rt jamoasi qatoriga kirdi

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Osiyoning eng yaxshi to‘rt jamoasi qatoriga kirdi

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda tashkil etilgan FIFA U-15 World Cup & Festival 2026 xalqaro musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.

189 ta FIFA a’zo assosiasiyasi vakillari qatnashgan musobaqada o‘smirlarimiz yakuniy hisobda 42-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamiz guruh bosqichida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 tasida g‘alaba qozondi. Futbolchilarimiz Ganadan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Bagama orollarini 6:1, Qozog‘istonni 2:0, Guamni 6:0 va Myanmani 4:0 hisobida yengdi.

Keyingi bosqichda O‘zbekiston Madagaskarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng Gvatemala (4:1), Kosta-Rika (2:1) va Niger (4:3) ustidan g‘alabalarga erishdi. So‘nggi uchrashuvda esa Kot-d’Ivuarga minimal 0:1 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-15 terma jamoasi musobaqa davomida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoamiz raqiblar darvozasiga 30 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 15 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo qit’asi vakillari orasida Eron, Janubiy Koreya va Avstraliyadan keyin 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: Bugun 11:09. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!