2 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini RFda O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari tobora ko‘payib borayotgani haqidagi xabarlarga qaratdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Bir kun oldin Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiya tomonidan yollanib, Ukrainadagi urushga jalb etilgani haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi.