O‘zbekiston va Urugvay milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Bahsda Janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. 51-daqiqada Fakundo Torres hisobni ochdi, 60-daqiqada Xuan Sanabriya oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 82-daqiqada Ruslanbek Jiyanov jamoamizning yagona javob golini kiritdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
13 oktyabr, 17:45, «Hang Jebat»
O‘zbekiston - Urugvay - 1:2
Gollar: F.Torres - 51 (0:1), X.Sanabriya - 60 (0:2), R. Jiyanov (1:2).