10 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Qatar o‘yini oldidan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqishda katta hissa qo‘shgan milliy terma jamoa a’zolari taqdirlanadi.
Faqat futbolchilar emas, balki jamoa murabbiylari, texnik xodimlar hamda tibbiyot guruhi vakillariga ham “BYD” rusumli avtomobillar tantanali ravishda topshirilishi rejalashtirilgan.
Bu tashabbus milliy jamoa a’zolarining mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda futbol sohasidagi yuqori yutuqlarni e’tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.