Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston T-64 tankining yangi modifikasiyasini taqdim etdi

O‘zbekiston T-64 tankining yangi modifikasiyasini taqdim etdi

Toshkentdagi mudofaa texnologiyalari festivalida O‘zbekiston T-64 tankini modernizasiya qilish loyihasini taqdim etdi, deb yozadi Miltarnyi portali.

Modernizasiyadan o‘tgan tank qo‘shimcha zirh bilan jihozlangan, shuningdek, yangi dvigatel o‘rnatilgan. Tank minorasi esa ixtisoslashtirilgan bo‘linmaga ega bo‘lishi mumkin — bu bo‘linmaga kondisioner tizimi yoki qo‘shimcha elektron uskunalarni joylashtirish mumkin.

Miltarnyi nashrining ta’kidlashicha, modernizasiya qilingan tankda tutunli to‘siqlar hosil qilish uchun mo‘ljallangan minomyotlar, shuningdek, NSVT (Nikitin-Sokolov-Volkov Tanki) turidagi pulemyot o‘rnatilmagan.

Bungacha O‘zbekiston T-64 tankining modernizasiyalangan ko‘rinishini — T-64MV deb nomlangan modelni namoyish qilgan edi. Ushbu model kuchliroq dvigatel va yangi radioaloqa vositasi bilan jihozlangan.

2022-yilda O‘zbekiston armiyasi ixtiyorida 100 dan ortiq T-64 hamda 100 dan ziyod turli modifikasiyadagi T-72 tanklari mavjud bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri xabar berishicha, O‘zbekiston BAAda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ham harbiy texnikasini namoyish qilgan edi.

Kiritildi: 13:39 02.06.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!