Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

2025 yil may oyida O‘zbekistonga 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi rekordni yangiladi - o‘shanda sayyohlar soni birinchi marta milliondan oshgandi. Bunday o‘sishga turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilmoqda. Mamlakat yanada ochiqroq bo‘lib, boshqa davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining turizmni rivojlantirishga qaratilgan Farmon va qarorlaridagi sohaga investisiyalarni jalb etish, vizasiz rejimni kengaytirish hamda xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlar muhim o‘rin tutmoqda. Bularning barchasi O‘zbekistonni xorijiy sayyohlar uchun tobora jozibador mamlakatga aylantirmoqda. Kelajakda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va diversifikasiya qilish, jahon sayyohlik bozorida O‘zbekistonning takrorlanmas hamda raqobatbardosh yo‘nalish sifatidagi obro‘sini mustahkamlash ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:40 11.06.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!