Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etiladi

 “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etiladi

Senat “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish haqidagi qonunni tasdiqladi.

Qonun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, qo‘mita ekspertlar kengashi a’zolari va malakali mutaxassislar muhokamasidan o‘tgan.

Faxriy unvon:

— ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, asrab-avaylash, bioxilmaxillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan,

— ekologik jihatdan toza va innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, yashil hududlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan,

— aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlar va soha vakillari, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini olib borayotgan ekofaollarga berilishi nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni 925 probali kumushdan tayyorlanadi.

Kiritildi: 19:18 25.01.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!