Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainaliklar chekinmoqda...

Ukrainaliklar chekinmoqda...

Ukraina qo‘shinlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatida, ayniqsa Sudja hududida sezilarli darajada orqaga chekinmoqda, biroq Kursk viloyatini butunlay tark etmayapti.

Bu haqda "Ukrainskaya pravda"ning Kursk yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ikki bo‘linmasidagi manbalar xabar bermoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalarining bir qismi, xususan desant-hujum qo‘shinlari, Kursk viloyatida qolmoqda va Rossiya-Ukraina chegarasiga yaqinroq joyga chekinmoqda. Ammo chegaradan tashqariga chiqmayapti.

Kursk viloyatidagi Ukraina guruhi qurshovda emas, biroq vaziyat beqaror, chunki ko‘p narsa shaxsiy tarkib harakatlanishi mumkin bo‘lgan yo‘lni saqlab qolish imkoniyatiga bog‘liq.

Kiritildi: 22:36 12.03.2025. O'qildi: 1755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!