Qarorga ko‘ra, Samarqand shahrida Buyuk ipak yo‘li davlat muzeyi tashkil etiladi.
Qaror bilan, shuningdek, Amir Temur bog‘lari qayta tiklanadi. Bibixonim majmuasi restavrasiya qilinadi.
Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazini muhofaza qilishga qaratilgan uning master va menejment rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalari belgilangan tartibda kiritiladi.
«Samarqand – jahon tamaddunlari chorrahasida» kitob-albomi o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etiladi.