Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi 7,2 foizga teng bo‘ldi. Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlarida real ish haqining o‘rtacha o‘sishi 9,8 foizni, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 9,1 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 91 dollarni tashkil etdi. Mintaqa davlatlari orasida minimal ish haqining eng yuqori miqdori Belarus (243 dollar), Ozarbayjon (235 dollar) va Mongoliyada (222 dollar) qayd etildi.