O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
To‘lqin Qosimov 1962 yildan boshlab 2003 yilga qadar Qurolli kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi boshlig‘i hamda Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Xizmati davomida I-II darajali «Shon-sharaf», «Qizil yulduz» va II-III darajali «Vatanga xizmati uchun» ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.