Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Pul bor, raketa yo‘q

Pul bor, raketa yo‘q

EI mamlakatlarida Ukraina uchun raketa sotib olishga pul bor, ammo endi Patriot raketalarning o‘zini topish kerak, dedi Germaniya mudofaa vaziri.

“Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida va undan tashqarida qayerda, qancha “Patriot” bor, qaysi davlatlar ularni sotishga tayyorligini aniqlash maqsadida turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda”, — dedi Pistorius.

O‘tgan hafta Pistorius AQSh bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, Kiyev rejimiga 5ta Patriot tizimini yetkazib berishni ma’lum qilgan edi. Faqat buning uchun Germaniya oldin AQShdan ushbu raketalarni olib o‘z arsenallarini to‘ldirishi kerak.

Germaniyaning Der Spiegel nashriga ko‘ra, Ukraina Tramp va’da qilgan Patriot tizimlarini 2026 yilning bahoridan oldin olmaydi.

Kiritildi: 22:13 23.07.2025. O'qildi: 3935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!