"22 iyul kuni kechqurun Ukrainaning Volin viloyatida parvoz topshirig‘i davomida Dassault Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari.
Ukraina harbiylarining ma’lumotiga ko‘ra, parvoz vaqtida aviasiya texnikasida nosozlik yuzaga kelgan. Uchuvchi bu haqida boshqaruvga xabar bergan va shundan so‘ng katapulta qilgan. Qidiruv-qutqaruv guruhi uchuvchini topgan, uning ahvoli barqaror.
Bu Ukrainaga Mirage samolyotlari topshirilganidan beri yuz bergan birinchi yo‘qotish hisoblanadi. Kiyev Fransiyadan Mirage 2000−5F modifikasiyalangan versiyalarini olgan.