O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiya 29 sentyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Eron, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning maxsus vakillari ishtirok etdi. Afg‘oniston delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchilik qildi. Uchrashuvda BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya vakillari ham mehmon sifatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida afg‘on inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.