11 noyabr kuni Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP31 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Hamkorlikdagi loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetdi.
Dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘larini o‘rta muddatli o‘rganish bo‘yicha forumga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
O‘sish va ish o‘rinlarini yaratish dasturini amalga oshirish, sheriklik bo‘yicha yangi Mamlakat dasturini tayyorlash, infratuzilmaga xususiy investisiyalarni jalb qilish, xususiylashtirish hamda suv xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.