Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina Donbassdan voz kechmaydi, biroq AQShning pozisiyasi hozircha noaniq"

Zelenskiy: "Ukraina Donbassdan voz kechmaydi, biroq AQShning pozisiyasi hozircha noaniq"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya foydasiga Donbassdan voz kechish niyatida emasligini bildirdi. Biroq u bu masalada AQSh qanday pozisiyani egallashini bilmasligini aytdi.

Zelenskiy bu haqda Daniyaga tashrifi doirasida DR Nyheder nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Yo‘q, men Donbassdan ketmayman. Chunki bilamanki, biroz vaqt o‘tgach, ular (Rossiya — tahr.) yanada oldinga siljib, bizni bosib olishga harakat qiladi. Shuning uchun bu biz uchun katta xavf», — dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina yetakchisi Vashingtonning keyingi pozisiyasi qanday bo‘lishi va Yevropa davlatlari bu masalada birdamlikni saqlab qola olishi noma’lum ekanidan afsus bildirdi.

«AQSh qanday pozisiyani egallashini va qaysi tomonni qo‘llab-quvvatlashini bilmayman. Yevropa davlatlari yagona front sifatida harakat qila oladimi yoki Fransiyadagi bahorgi saylovlardan keyin bo‘linib ketadimi, kelajakda Germaniya va boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini ham bilmayman. Shuning uchun, ochig‘ini aytsam, hech narsaga aniq ishonch bilan munosabat bildira olmayman», — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 20:35 10.11.2026. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik