Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston pochtasi” AJni xususiylashtirish haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston pochtasi” AJ xususiylashtirilgani hamda 100 milliard so‘m miqdorida qarz olgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi.
Jamiyatdagi davlat ulushi, moliyaviy holat, modernizasiya ehtiyojlari hamda “WB INT EXPORT” MCHJ bilan rejalashtirilayotgan hamkorlik yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.