Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston merganlari Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston merganlari Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Turkiya Respublikasida 5-16 may kunlari V Xalqaro "Eng ilg‘or merganlar jamoasi" musobaqasi o‘tkazildi. 15 davlatning 40 dan ortiq jamoalari ishtirokidagi bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham munosib qatnashdi.

Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Turkiyaning Isparta shahridagi "Komando" tog‘-o‘quv mashqlar markazida o‘tkazigan musobaqada O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston, Qatar, Ozarbayjon, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat, shuningdek kuzatuvchi maqomida Turkmaniston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va Quvayt ishtirok etdi. Musobaqa ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, bir-biridan murakkab 15 ga yaqin shartlar bo‘yicha bahs olib bordi.

Xususan, harbiy jamoalar «Yuqori burchak ostida o‘q otish», «Gazniqob taqib, jangovar o‘q otish», Noaniq masofalarga noqulay istehkomdan o‘q otish», Turli to‘siqlar ortidan o‘q otish», Havodagi vertolyotdan o‘q otish», Orolni himoya qilish va qayiqdan jangovar o‘q otish», «Nishonga sezdirmay yaqinlashib o‘q otish», «5 km masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, sovuq stvoldan o‘q otish», «Tunda nomalum masofalarga o‘q otish» va «Syurpriz» shartlarini bajardi.

Qariyib 10 kun davom etgan bellashuvlarda xorijiy davlat armiyalarining 48 ta jamoasi ichida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tkaziladigan mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 4-marotaba ishtirok etmoqda va 2022-2023 yillarda 2-o‘rinni hamda 2024-2025 yillarda 1-o‘rinni egallab kelmoqda.

Kiritildi: 15:57 18.05.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!