O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) jahon miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib, volfram sanoatining eng nufuzli tashkiloti – Xalqaro volfram sanoati assosiasiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga qo‘shilgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.
A’zolik O‘zTMKga global bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik hisobotlarni olish hamda yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.