O‘zbekiston kubogi bahslarida bugun yarim finalning ikki o‘yini o‘tkazildi.
"Paxtakor" Toshkentda "Dinamo"ni qabul qildi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida "sherlar" aniqroq harakat qildi - 4:2.
Kunning yana bir bahsida "Buxoro" "So‘g‘diyona"ni qabul qildi. O‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida, 117-daqiqada buxoroliklar g‘alaba golini urib ketdi.
Endi "Paxtakor" va "Buxoro" o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin oktyabr oyi oxirida Andijondagi "Bobur Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.