Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston kubogi chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston kubogi chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Bugun, 17 sentyabr kuni o‘tkazilgan qur’a natijasida navbatdagi bosqich juftliklari aniqlandi.

Chorak finalda "Neftchi" "Lokomotiv" bilan to‘qnash keladi. "So‘g‘diyona" esa "Andijon"ga qarshi maydonga tushadi. Qolgan ikki juftlikda OKMK "Guliston" bilan, "Navbahor" esa "G‘azalkent" bilan bahs olib boradi.

Chorak final juftliklari:

"Neftchi" — "Lokomotiv"
"So‘g‘diyona" — "Andijon"
OKMK — "Guliston"
"Navbahor" — "G‘azalkent"

Shuningdek, yarim final yo‘li ham ma’lum bo‘ldi. "Neftchi" — "Lokomotiv" uchrashuvi g‘olibi "So‘g‘diyona" — "Andijon" bahsida g‘alaba qozongan jamoa bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi yarim final yo‘llanmasi uchun esa OKMK — "Guliston" juftligi g‘olibi "Navbahor" — "G‘azalkent" uchrashuvida zafar quchgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston kubogining ushbu bosqich uchrashuvlarini oktyabr oyida Toshkent shahrida markazlashtirilgan tartibda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:48 17.09.2026. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!