Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotini baholashning muqobil usullari

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotini baholashning muqobil usullari

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) iqtisodiy taraqqiyotni baholash uchun muqobil ko‘rsatkichlardan foydalandi.

Norasmiy iqtisodiyotning ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda rasmiy statistik manbalardan foydalanish yanglish xulosalarga olib kelishi mumkin. YAIM, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi, chakana savdo aylanmasi kabi qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar faqat rasman ro‘yxatdan o‘tgan sub’ektlar topshirgan hisobotlar asosida shakllantirilishi sababli ularning ishonchli ekanligi shubha ostida qoladi.

Tungi chiroqlarning fazoviy tasviri (NTL - Nighttime lights) mintaqalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda turli tashqi shoklarning iqtisodiy ta’sirini baholashda foydalaniladigan mashhur ma’lumot turi hisoblanadi. NTL mamlakat hududlari aholisi, uning zichligi, ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi, pirovardida, malakat hududlarining iqtisodiy faol qismi haqida tasavvurni shakllanitirishda yordam beradi.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tungi yorug‘lik tasvirini 63 xil rangda qayta ifodalash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yil dekabr oyida tunda yoritilganlik darajasi 2016 yilning mos davridagiga nisbatan Qirg‘izistonda 11,8%, Qozog‘istonda 15,5%, O‘zbekistonda 47,2%, Turkmanistonda 37,5% va Tojikistonda 64,4% ga ortgan. Shuningdek, 2021 yilda YAIM 2016 yildagiga qaraganda Qirg‘izistonda 7,8%, Qozog‘istonda 14,9%, O‘zbekistonda 27,3%, Turkmanistonda 35,2% va Tojikistonda 41,1% ga ortgan.

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotini baholashning muqobil usullari

Kuzatuvlar shuni isbotladiki, tungi yorug‘lik darajasi mamlakatlarning iqtisodiyoti ko‘lami bilan mos tushadi. Xususan, o‘rganilgan 5 ta mamlakat orasida Qozog‘iston YAIM bo‘yicha yetakchi va yorug‘lik darajasi eng yuqori (DN - NTL ma’lumotlarining raqamli qiymati = 9907701,5 piksel) hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston va Turkmaniston egallaydi, yorug‘lik darajasi DN = 1809744,8 va 1774334,1 pikselni tashkil etadi. Qirg‘iziston va Tojikiston YAIM hajmi bo‘yicha ham, tungi yorug‘lik darajasi bo‘yicha ham oxirgi o‘rinlardan joy oladi.

Respublikamiz hududlari orasida Xorazm, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida yorug‘lik darajasi 2016-2021 yillarda 1,9-3,6 barobargacha ortgan. Yorug‘lik darajasining eng kam o‘zgarishi Qashqadaryo viloyatida kuzatildi (0,8%). Viloyat YAHM hajmi bo‘yicha ham hududlar orasida eng kam o‘sish (18,9%) ko‘rsatkichiga erishgan.

Kiritildi: 17:59 16.07.2022. O'qildi: 3175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!