O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
14 yanvar kuni soat 05:43 da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Zilzila episentri — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani. Magnituda — 4. Episentr Toshkentdan 529 km janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Peshku tumanida 2 ball, 44 km;
Qorako‘l tumanida 2 ball, 56 km.