“O‘zgidromet” 13—17 yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonda bir oz bulutli, iliq havo saqlanib turadi, harorat kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan respublika bo‘ylab bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda 16—17 yanvarda ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kechasi 0-3 daraja iliq, 13—14 yanvar kunlari kunduzi 11-13 daraja iliq, 15—17 yanvar kunlari esa 8-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.